Namoz vaqtlari...

Biz haqimizda

Ixlos.org – islomiy ilm-ma'rifat va da'vat sahifasi bo'lib, ilm va amalda ahli sunnat va jamoat yo'lidan boradi. Ixlos.org sahifasi Qur'on va sunnatni salafi solihlar tushunchasi ila anglashni, sog'lom islomiy aqida, mo'tabar dalillarga asoslangan shar'iy ahkomlar va umuman turli shar'iy ilmlar va islomiy qadriyatlarni yoyish va bayon qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Sahifa biron jamoat yoki toifa g'oyalari yoxud shaxsiy va partiyaviy manfaatlarni olg'a surish va himoya qilishdan mutlaqo yiroqdir.

وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ حُنَفَاءَ وَيُقِيمُوا الصَّلَاةَ وَيُؤْتُوا الزَّكَاةَ ۚ وَذَٰلِكَ دِينُ الْقَيِّمَةِ
Ular faqat Allohga ixlos ila haqdan og'ishmay ibodat qilishgagina buyurildilar
Bayyina, 5
مَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُ حَيَاةً طَيِّبَةً ۖ وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ
Erkakmi, ayolmi, kimda-kim mo'min bo'lgan holida solih amal qilsa, albatta unga saodatli hayot ato etamiz
Nahl, 97

Amal solih va maqbul bo'lishi uchun ixlos va sunnatga muvofiq bo'lishi zarur. Zero, solih amal insonni ikki dunyo saodati sari yetaklaydi. Alloh barchamizga ixlos va sunnatga muvofiq solih amallar qilib, dunyo va oxirat saodatiga erishishni nasib etsin!