Biz haqimizda
Amal solih va maqbul bo'lishi uchun ixlos va sunnatga muvofiq bo'lishi zarur. Zero, solih amal insonni ikki dunyo saodati sari yetaklaydi. Alloh barchamizga ixlos va sunnatga muvofiq solih amallar qilib, dunyo va oxirat saodatiga erishishni nasib etsin!
Ixlos.org – islomiy ilm-ma'rifat va da'vat sahifasi bo'lib, ilm va amalda ahli sunnat va jamoat manhajidan boradi. Sahifani yuqori saviyali shar'iy ilmga ega bir guruh mutaxassislar boshqaradi. Ixlos.org sahifasi sog'lom islomiy aqida, Qur'on va sunnatdan iborat ishonchli dalillarga asoslangan shar'iy ahkomlar va umuman turli shar'iy ilmlar va islomiy qadriyatlarni yoyish va bayon qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Sahifa dinimizning keng qamrovlilik xususiyatidan kelib chiqib imkon qadar islomning barcha jabhalarini yoritishga harakat qiladi. Shuningdek, sahifa biron bir jamoat yoki toifa g'oyalari yoxud shaxsiy va partiyaviy manfaatlarni olg'a surish va himoya qilishdan mutlaqo yiroqdir. Sahifa tahririyati bu sohada faoliyat yuritayotgan barcha hamkasblarni hamkorlikka chaqiradi.